» » U16. Bahrayndan ustun kelgan O‘zbekiston, endi Shri-Lankaga 6 ta gol urdi

U16. Bahrayndan ustun kelgan O‘zbekiston, endi Shri-Lankaga 6 ta gol urdi


Dilshod Nuraliyev murabbiylik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo Chempionati saralashidagi ikkinchi o‘yinida ham ustun keldi.

Shri-Lankaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin 6:0 hisobi bilan yakuniga yetdi. Bahraynga qarshi uchrashuv qahramoni Mirjalol Qosimov bu safar asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Ilk o‘yinda u zaxiradan maydonga tushib, 89-daqiqada Bahrayn postiga gol urgan va o‘zbekistonliklar g‘alabasini ta’minlab bergandi.

Ayni vaqtda Iordaniya va O‘zbekiston termalari yuz foizlik ko‘rsatkich qayd etib turibdi. Reglamentga ko‘ra, guruhni peshqadam sifatida yakunlagan jamoalar 2018-yil Malayziyada o‘tadigan Osiyo Chempionatida ishtirok etadi. Shuningdek, 10 ta guruh yakunlariga ko‘ra, 5 ta eng yaxshi 2-o‘rin egalari ham Malayziyaga tashrif buyuradi.

Osiyo Chempionati. Saralash
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
20-sentabr, dushanba

Gollar: Jasur Jaloliddinov, 4-pen (1:0). Jasur Jaloliddinov, 6 (2:0). Temur Mamasiddiqov, 50 (3:0). Doniyor Sobirov, 69 (4:0). Ruslan Ro‘ziyev, 78 (5:0). Temur Mamasiddiqov, 89 (6:0).

O‘zbekiston: Xurshid Muhammadjonov — Miraziz Saidov, Sardor Abdurashidxo‘jayev, Doniyor Sobirov, Temur Mamasiddiqov, Diyor Rahimqulov (Abdurauf Bo‘riyev, 55), Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov, Javohir Abdualimov (Mironshoh Sattorov, 70), Mirjalol Qosimov, Bo‘ronbek Mirzasalimov (Ruslan Ro‘ziyev, 58).

22-sentabr, juma
Iordaniya — O‘zbekiston
Saudiya — Shri-Lanka

24-sentabr, yakshanba
Bahrayn — Iordaniya
O‘zbekiston — Saudiya

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют