» » O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi JATA rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi JATA rahbariyati bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 20-sentabr kuni Yaponiya sayyohlik assotsatsiyasi agentligi (JATA) raisi Xiromi Tagava bilan uchrashuv o‘tkazdi. Xiromi Tagava, shuningdek, JTB — yapon sayyohlik operatori direktorlar kengashining rasi ham hisoblanadi, deb xabar berdi UzDaily.

Tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. JATA Qo‘mitaning uzoq muddatli hamkori hisoblanib, O‘zbekistonning turistik salohiyatini har yili o‘tkaziladigan ko‘rgazmada namoyish etilishiga faol yordam ko‘rsatadi.

Tomonlar Yaponiya sayyohlariga xizmat ko‘rsatadigan gidlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan soha bo‘yicha tajriba almashish, yapon sayyohlik bozorida O‘zbekiston sayyohlik mahsulotlarini brendlash, respublikaning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish maqsadida Yaponiya telekanallarini jalb qilish kabi amaliy tadbirlarni muhokama qildilar.

Muzokaralar yakuniga  ko‘ra, tomonlar 2018-yilda charter reyslarni joriy yildagiga nisbatan kamida 2 barobarga oshirishga (2017-yil davomida atiga 10 ta) kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida JATA rahbariyati yapon turistlarida o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talabning shakllanishi uchun barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 138) ( 0) ( 137) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют