» » Nyu-Yorkda Erdo‘g‘onning nutqi chog‘ida yuz bergan hodisadan so‘ng besh kishi qo‘lga olindi

Nyu-Yorkda Erdo‘g‘onning nutqi chog‘ida yuz bergan hodisadan so‘ng besh kishi qo‘lga olindi


Tayms-skverdagi mehmonxonalardan birida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirokidagi tadbirda yuz bergan hodisadan so‘ng, Nyu-York politsiyasi 21-sentabr, payshanba kuni besh kishini qo‘lga oldi, deb yozadi “TASS”. Ular davlat rahbari qo‘riqchilari tomonidan qo‘pol muomala qilinganidan shikoyat qildi.

Turkiya-Amerika nohukumat milliy qo‘mitasi tadbirida Turkiya prezidenti nutq so‘zlayotgan paytda bir kishi o‘rnidan turib, “Terrorchi!” — deya baqirgan, ikkinchisi esa Kurdiston Ishchilar partiyasi bayrog‘ini ko‘targan. Qo‘riqchilar ikkala erkakni ham tutib, zaldan chiqarib ketgan.

Qo‘lga olinganlardan biri — Suriyada kurd isyonchilari safida IShIDga qarshi kurashgan amerikalik Robert Renas Amos  aytib berishicha, u to‘rt safdoshi bilan o‘tgan yili kurdlar tomonida turib jang qilgan AQSh fuqarosi Maykl Isroilning halokatiga qarshi norozilik belgisi sifatida aksiya uyushtirgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют