» » BMT tomonidan buxorolik va jizzaxlik fermerlarga ko‘chib olib yuriladigan mobil uylar topshirildi (foto)

BMT tomonidan buxorolik va jizzaxlik fermerlarga ko‘chib olib yuriladigan mobil uylar topshirildi (foto)


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonning Jizzax va Buxoro viloyatlari chorvadorlari uchun tirkama — ko‘chib olib yuriladigan uy tayyorlandi. Bu haqda BMT axborot xizmati xabar bermoqda.

Ikkita ko‘chib olib yuriladigan mobil uy Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi fermer xo‘jaligiga va Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi chorvador cho‘ponga topshirildi.

“Chorvadorlar chorva mollarini boqish vaqtida bir joyda ko‘p ushlanib qolmaydi, mavsum vaqtida chorva mollarini boqish uchun yangi uchastkalarga o‘tadi va o‘sha joylarda oddiy usulda vaqtinchalik qo‘lbola uy qurib oladi yoki hamqishloqlari bilan birgalikda yashash, dam olish va ovqatlanish uchun tegishli sharoitlari bo‘lmagan oddiy vagonchalarda yoki qurilishi chala binolarda yashaydi. Chorvadorlar mavsum davomida uch—to‘rt marta ko‘chib yuradi va har safar o‘zlari bilan yangidan uycha qurish uchun zarur bo‘ladigan qurilish materiallarini va asbob-uskunalarini olib yuradi. Loyiha tomonidan topshirilgan mobil uy tirkama sifatida, ko‘chirib olib yurishga moslashtirilgan. Ular yaylov–cho‘l hududlarining xohlagan qulay joyda o‘rnatilib, cho‘l hududida chorvadorlar uchun zamonaviy yashash sharoitini yaratishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Mobil — ko‘chib olib yuriladigan tirkama uyda uch kishining yashashi va ishlashi vaqtida birlamchi maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘ladigan barcha sharoitlar to‘liq yaratilgan. Tirkama uyda chorvadorlarning dam olishi, uxlashi va ovqatlanishiga yetarli joy, ikki bo‘lmali gaz plitasi, kichik muzlatgich, qo‘l yuvish jihozi, oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy buyumlarni saqlash uchun shkaf-tumbalar mavjud.

Mobil-uyning tom qismida 150 vatt kuchiga ega quyosh batareyasi o‘rnatilgan bo‘lib, u uyning ichki va tashqarisidagi chiroqlarni yoritish, kichik muzlatgich, maishiy jihozlar va qo‘l yuvish jihoziga suv uzatadigan nasosni ishlashi uchun yetarli miqdorda elektr energiya ishlab chiqaradi.

Mazkur mobil-uyning bir donasi Qorako‘l tumani “Qorako‘l” naslchilik mas’uliyati cheklangan jamiyatida uzoq yillardan beri chorvachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan, avlodlari bilan chorvador hisoblangan bosh cho‘pon Abdumalik Jo‘rayevga berildi. Ikkinchi mobil uy esa Zomin tumanining yaylov—lalmi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan “Tutak Karim dalasi” fermer xo‘jaligining rahbari Abdulla Jo‘rayevga topshirildi.

Shu vaqtgacha fermer xo‘jaligining cho‘ponlari chorva mollarini uzoq yaylov hududlariga haydab ketganida zarur sanitariya sharoitlari bo‘lmagan, oddiy brezent yoki polietilen palatkalarda yashagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют