» » Puerto-Rikoda to‘g‘on buzilganligi sabab evakuatsiya e’lon qilindi

Puerto-Rikoda to‘g‘on buzilganligi sabab evakuatsiya e’lon qilindi


Puerto-Rikoning shimoli-g‘arbida joylashgan Isabela va Kebradilyas shaharlari aholisi to‘g‘on buzilganligi sabab evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda San-Xuan (Puerto-Riko poytaxti) milliy meteorologik xizmati (NWS) Twitter’da ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

“To‘g‘on ishchilari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da Guaxataka to‘g‘oni buzilganini va Rio-Guaxataka daryosi oqimining pastida joylashgan hududlar suv ostida qolishi mumkinligini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.

“Guaxataka daryosi bo‘yidagi barcha hududlar darhol evakuatsiya qilinishi kerak. Sizning hayotingiz xavf ostida!”, — deyiladi meteoxizmat xabarida. Isabela va Kebradilyas shaharlarida 70 mingga yaqin odam istiqomat qiladi.

To‘g‘onga 21-sentabr kuni yopirilgan “Mariya” to‘foni jiddiy zarar yetkazgan. Puerto-Riko favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, “Mariya” mamlakatni deyarli “vayron qilgan”. Shuningdek, to‘fon bir nechta elektr uzatish tarmoqlariga ham zarar yetkazgan bo‘lib, orolning butun aholisi elektr tokisiz qolgan.

Puerto-Riko gubernatori Rikardo Rosselloning ma’lum qilishicha, elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlashga bir necha oy vaqt ketadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-09-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют