» » “Mariya” to‘foni mashhur “Aresibo” radioteleskopini sindirib yubordi

“Mariya” to‘foni mashhur “Aresibo” radioteleskopini sindirib yubordi


“Mariya” to‘foni “Aresibo” radioteleskopining 29 metrlik radar antennasini ikkiga bo‘lib yubordi. Uning bo‘laklari teleskopning asosiy oynasini sindirib, yordamchi oynalariga zarar yetkazdi. Bu haqda Kosmik tadqiqotlar universitet assotsiatsiyasi saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Teleskop to‘fon yaqinlashganligi tufayli 19-sentabr kuni o‘chirib qo‘yilgan edi. Kuzatuvni 21-sentabrga qadar to‘xtatib turish rejalashtirilgan edi, tashrif buyurish markazi esa 27-sentabrga qadar yopilgan edi.

21-sentabr kuni observatoriya xodimlari to‘fon yetkazgan zararni baholashni boshladi. Katta zararlar yetkazilmaganligi aniqlangan taqdirda teleskopni 29-sentabrdan yana ishga tushirish rejalashtirilgan edi.

300 metrlik radioteleskop Xitoyda ulkan FAST antennasi qurilgunga qadar dunyodagi eng yirik teleskop edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют