» » Boeing qanotidan uzilib tushgan qoplama bo‘lagi Yaponiyada avtomobil tomini shikastladi

Boeing qanotidan uzilib tushgan qoplama bo‘lagi Yaponiyada avtomobil tomini shikastladi


Yaponiyaning Osaka shahrida Boeing-777 yo‘lovchi samolyoti qanotidan uzilib tushgan qoplama bo‘lagi avtomobil ustiga tushdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

KLM aviakompaniyasi reysi bilan bog‘liq hodisa 23-sentabr, shanba kuni havo kemasining Kansay xalqaro aeroportidan parvozidan so‘ng ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi. 4 kilogrammdan ortiq vaznga ega bo‘lak 2000 metr balandlikdan qulab tushdi.

Bortida 300 nafardan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan Boeing-777 o‘sha kunning o‘zida Amsterdam aeroportida eson-omon qo‘ndi.

Qoplama bo‘lagi avtomobil tomini shikastladi va orqa oynani sindirdi. Buning oqibatida hech kim jabrlanmadi. Aviakompaniya hodisa tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют