» » Afg‘onistonda avtobus ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda avtobus ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Avariya bugun, 25-sentabr kuni Hirot va Qandahor shaharlarini bog‘lovchi avtotrassada yuz berdi.

Viloyat gubernatorining rasmiy vakili Omar Zvakning ma’lum qilishicha, avtobus Nimroz viloyatidan mamlakat poytaxti Qobul shahriga yo‘l olgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida yosh bolalar va ayollar ham bor, ular shifoxonaga yotqizilgan.

“Afg‘onistonda haydovchilarning ehtiyotsizligi tufayli tez-tez yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lib turadi”, — deyiladi xabarda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют