» » Pokistonning sobiq bosh vaziri sud oldida javob berish uchun mamlakatga qaytdi

Pokistonning sobiq bosh vaziri sud oldida javob berish uchun mamlakatga qaytdi


Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif bugun, 25-sentabr kuni korrupsiya haqidagi ish bo‘yicha sudda ishtirok etish uchun Londondan mamlakatga qaytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Pokiston oliy sudi 2017-yilning 28-iyulida Sharifni hukumatdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror chiqardi. Navoz Sharif oilasi a’zolariga qarshi ish 2016-yilda uning o‘g‘illarining “Panama hujjatlari”ga aloqadorligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng qo‘zg‘atilgan edi.

Sudning dastlabki majlisi o‘tgan haftada bo‘lib o‘tdi. Biroq unda Navoz Sharif hamda uning oila a’zolari ishtirok etmadi.

Sobiq bosh vazir saraton kasalligidan davolanayotgan rafiqasini qo‘llab-quvvatlash uchun Londonga ketgan edi.

Pokiston musulmonlari ligasi partiyasi senatori Asif Qirmoniy Sharif 26-sentabr, seshanba kuni sud majlisida ishtirok etishini ma’lum qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют