» » Qahramon Quronboyev Toshkent viloyati paxta dalalarida yoshlar bilan uchrashdi

Qahramon Quronboyev Toshkent viloyati paxta dalalarida yoshlar bilan uchrashdi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev dam olish kunlari va haftaning ilk kunida Toshkent viloyati paxta dalalarida mehnat qilayotgan “Fidoyi yoshlar” otryadlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Dastlab u Piskent tumanidagi paxta dalalarida oq oltinni terishda ishtirok etayotgan “Fidoyi yoshlar” otryadlari a’zolari bilan suhbatlashdi. Kunlik rejani ortig‘i bilan bajarayotgan Laylo To‘xtaboyeva, Gulbahor Erkinjonovani taqdirladi.

Keyingi manzil Angren tumani bo‘ldi. “Eng yosh terimchi” nominatsiyasiga kasb-hunar kollejini joriy yilda tamomlagan Muborak Nishonova loyiq topildi. Yana bir eksklyuziv sovg‘a egasi Mastura Shermatova ham taqdirlanganligidan mamnun ekanligini aytib, paxta yig‘im-terim mavsumi so‘nggiga qadar o‘z hissasini qo‘shishga va’da berdi. Yoshlar yetakchisi mavsumda faol ishtirok etgan yoshlar uchun beriladigan imtiyozlar haqida gapirib, ularning ovqatlanishi, dam olish sharoitlari bilan ham yaqindan tanishdi.

Keyingi manzil Bo‘ka tumani bo‘ldi. Q. Quronboyev bu yerda ham dalalarda oq oltinni yig‘ib olishda jonbozlik ko‘rsatayotgan terimchilarning bir guruhini esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining “Fidoyi yoshlar” otryadlariga tashrifi davom etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-09-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют