» » TIVda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining doimiy kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining doimiy kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


26-sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida mamlakatda amaliy tashrifini yakunlayotgan Birlashgan Qirollik Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligi doimiy kotibi Saymon Makdonald bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor bergan holda ko‘rib chiqildi.

Britaniya tomoni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqining asosiy qismlari bilan tanishtirildi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ikki mamlakat o‘rtasidagi barcha o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berayotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga bo‘lajak tashrifining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Allan ishtirok etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют