» » AQShda Trampning qora tanli sportchilar haqidagi gapidan so‘ng, unga nisbatan impichment e’lon qilishga chaqirildi

AQShda Trampning qora tanli sportchilar haqidagi gapidan so‘ng, unga nisbatan impichment e’lon qilishga chaqirildi


Texas shtatining demokrat kongressmeni El Grin 25-sentabr, seshanba kuni vakillik palatasidan AQSh prezident Donald Trampga nisbatan impichment berilishini ovozga qo‘yishni talab qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

“Men mana shu yerda, vakillik palatasi a’zolarining qarshisida turib, AQSh prezidentiga nisbatan impichment berishga chaqiraman”, — dedi Grin.

Shu bilan birga, kongressmenning ta’kidlashicha, Trampning afroamerikalik sportchilarni AQSh madhiyasi yangrayotgan vaqtdagi harakatiga bildirgan izohi “nomaqbul va bu prezident lavozimini egallagan inson tomonidan aytilishi kerak emas”.

25-sentabr kuni Tramp Milliy futbol ligasiga muroaat qilib, Amerika futboli o‘yinchilari AQSh davlat madhiyasi yangrayotgan vaqtda bitta tizzada turishlarini taqiqlash kerakligini aytgandi.

Afroamerikalik sportchilarning AQSh madhiyasining ijrosi vaqtidagi noroziliklari ancha vaqtdan beri davom etib keladi. Biroq Tramp bu kabi harakatni mamlakat ramzlariga hurmatsizlik deya baholaganidan so‘ng, yana dolzarb mavzuga aylandi.

O‘z navbatida qora tanli sportchilarning fikricha, bu orqali ular AQShdagi irqchilik muammosiga e’tibor qaratishadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют