» » “2” bahoga loyiq ko‘rilgan birinchi hakam futboldan umrbodga, ikkinchisi 10 ta o‘yinga chetlatildi

“2” bahoga loyiq ko‘rilgan birinchi hakam futboldan umrbodga, ikkinchisi 10 ta o‘yinga chetlatildi


FIFA referisi Olim Tolibjonov 10 ta o‘yinga chetlatildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Olim Tolibjonov O‘zbekiston Oliy Ligasining 22-turidan joy olgan “Sho‘rtan” — “Navbahor” o‘yinida ishlagan va bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygandi. Keyinroq nazoratchi uni “2” baho bilan “siyladi”.

Endilikda Tolibjonov O‘zbekiston Oliy va Birinchi Ligasining, shuningdek, mamlakat kubogining 10 ta o‘yinida ishlay olmaydi. Oylik-maoshi esa 75 foizga qisqartiriladi.

Bungacha O‘FF “Buxoro” — “Dinamo” o‘yinida “2” olgan hakam Rustam Bobomurodovdan futboldan umrbod chetlatishga qaror qilgandi. Ikki hakamga nega ikki xil chora ko‘rilgani borasida O‘FF ham, PFL ham tushuntirish bermagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют