» » Putin teleko‘prik orqali mamlakatdagi oxirgi kimyoviy qurolni yo‘q qilishga ko‘rsatma berdi

Putin teleko‘prik orqali mamlakatdagi oxirgi kimyoviy qurolni yo‘q qilishga ko‘rsatma berdi


Rossiya o‘zida mavjud kimyoviy qurollar arsenalini butunlay yo‘q qildi. Oxirgi kimyoviy qurolni yo‘q qilish buyrug‘ini Rossiya prezidenti Vladimir Putin Udmurtiyadagi Kizner qishlog‘i bilan o‘rnatilgan teleko‘prik orqali berdi. Shundan so‘ng qurol utilizatsiya qilindi, deb xabar beradi “TASS”.

Teleko‘prikda Kiznerdan turib kimyoviy qurol bo‘yicha davlat komissiyasi raisi, prezidentning Volgabo‘yi federal okrugidagi siyosiy vakili Valeriy Kapashin hamda Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti texnik kotibiyati bosh direktori o‘rinbosari Hamid Ali Rao ishtirok etdi.

Udmurtiyaning Kizner qishlog‘ida Rossiya hududidagi oxirgi kimyoviy qurolni saqlash va yo‘q qilish bazasi joylashgan edi. Mamlakat kimyoviy quroldan butunlay xalos bo‘lganidan so‘ng baza qanday maqsadda ishlatilishi hozircha noma’lum.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют