» » Toshkentda Interpol tashabbusi bilan “Hujjatlar xavfsizligini baholash”ga bag‘ishlangan trening boshlandi

Toshkentda Interpol tashabbusi bilan “Hujjatlar xavfsizligini baholash”ga bag‘ishlangan trening boshlandi


Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti Bosh kotibiyati tashabbusi va Shveysariyaning SICPA kompaniyasi bilan hamkorlikda, Toshkentda uch kunlik “Hujjatlar xavfsizligini baholash”ga bag‘ishlangan trening boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur trening a’zo mamlakatlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatida huquqiy yordam sifatida, tezkor qo‘llash va ma’lumotlar texnik bazasidan foydalanishda hamkorlik, qalbaki valyuta va hujjatlarni aniqlash yuzasidan tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari ishtirok etmoqda.

2015-yildan boshlab, Interpol Bosh kotibiyati tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar xavfsizligini o‘rganish va ularni ekspertiza qilish bo‘yicha o‘quv treninglari o‘tkazib kelinmoqda. 2015—2017-yillar davomida 31 mamlakatdan 150 dan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari qatnashgan. Maqsad — ushbu yo‘nalishda a’zo mamlakatlar huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ilg‘or ish tajribalari bilan o‘rtoqlashish.

O‘quv trening 12 ta o‘quv modulini va 3 ta amaliy mashg‘ulotni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bunga yetakchi mutaxassislar instruktor va ekspert sifatida jalb qilingan.

Ta’kidlanishicha, qalbaki hujjatlar davlat boshqaruvi apparatini bir maromda ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda, jamiyatga ijtimoiy va ma’naviy zarar ham yetkazadi. Bular yuridik hujjatlarda, kredit rasmiylashtirishda, bankdan mablag‘ olishda, mol-mulkka egalik qilishda, noqonuniy migratsiya va boshqa bir qator holatlarda o‘z aksini topadi. Shuning uchun yuqoridagi holatlarda firibgarlikning oldini olish uchun huquq-tartibot tizimi zamonaviy, texnologik va qulay bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi keyinchalik ham ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni tayyorlash va tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Mazkur trening xalqaro miqyosda jinoyatchilikni oldini olishda va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va Interpol o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shadi, deyiladi xabarda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют