» » Angliyada cherkov kuzatuvchisi jamg‘armadan 35 ming funtni vino va otlar uchun sarflab yubordi

Angliyada cherkov kuzatuvchisi jamg‘armadan 35 ming funtni vino va otlar uchun sarflab yubordi


Alnxemdagi (Angliya) Muqaddas Mixail cherkovi kuzatuvchisi Stiven Klark, cherkov jamg‘armasidagi pullarni 76 butilka vinoga, poyezd uchun chiptalarga va otning yem-xashaklariga sarflab yubordi. 2015-yil yanvaridan 2016-yilning noyabriga qadar u barcha grant va ehsonlarning yarmini — 35 ming funtga yaqini pulni ishlatib yuborgan, deb xabar berdi TJournal.

48 yoshli Klark moliyaviy nayranglar sababli shartli jazoga tortilgach, cherkov kuzatuvchisiga aylangan. U ushbu lavozimda ikki yildan ortiq ishlagan, shundan so‘ng, rahbariyat pullar yo‘qolayotganini sezib qolgan.

Klark sudda o‘z aybini tan oldi va shu sababli ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U cherkovning ikkinchi hisobini ochibgina qolmay, kvitansiyalarni ham qalbakilashtirgan.

Cherkovda ma’lum qilinishicha, hukmdan so‘ng Klark sarflab yuborgan barcha pullarini jamoat ishlari hisobiga to‘lab berishni va’da qildi va kerichirim so‘radi. Mablag‘lar avval rejalashtirilganidek, cherkov rekonstruksiyasi uchun sarflanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 01:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют