» » “Arsenal”, “Zenit” va “Milan” Yevropa Ligasida ikkitadan g‘alabaga erishdi

“Arsenal”, “Zenit” va “Milan” Yevropa Ligasida ikkitadan g‘alabaga erishdi


Yevropa Ligasida ham Chempionlar Ligasida bo‘lgani kabi 2-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.

So‘nggi mavsum “Manchester Yunayted” musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritib, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma yutib olgandi. Bu mavsum “Arsenal” bosh sovrin uchun jiddiy kirishgan. Ilk turda Germaniyaning “Kyoln” klubini 3:1 hisobida taslim qilgan londonliklar, bu safar Belarusda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yevropa Ligasi
“H” guruhi. 2-tur
28-sentabr, payshanba

Gollar: Teo Uolkott, 9 (0:1). Teo Uolkott, 22 (0:2). Xolding, 25 (0:3). Ivanich, 28 (1:3). Olivye Jiru, 49-pen (1:4). Gordeychuk, 67 (2:4).

“Milan” esa o‘z irodasini ko‘rsatdi. Montella jamoasi A seriyada allaqachon 2 ta mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Yevropa Ligasida qoqilishni istamadi. 90-daqiqada o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan klub, oradan 4 daqiqa o‘tib g‘alaba golini baribir ura oldi.

Yevropa Ligasi
“D” guruhi. 2-tur
28-sentabr, payshanba

Gollar: Andre Silva, 14 (1:0). Musakko, 53 (2:0). Akosti, 84 (2:1). Elez, 90-pen (2:2). Kutrone, 90+4 (3:2).

Ueyn Runi harakat qiladigan “Everton” Yevropa Ligasiga jiddiy e’tibor qaratmayotganini ko‘rsatib ulgurdi. Dastlabki turni Italiyada o‘tkazib, yirik mag‘lubiyat qabul qilib olgan liverpullik futbolchilar, endi o‘z uyida ham g‘olib chiqa olmadi.

Yevropa Ligasi
“E” guruhi. 2-tur
28-sentabr, payshanba

Gollar: Korpa, 12 (0:1). Ueyn Runi, 21 (1:1). Vlashich, 66 (2:1). Yuste, 88 (2:2).

Gollar: Traore, 45 (1:0). Gomes, 57 (1:1).

Piterning “Zenit” klubi ham turnirga jiddiy kirishdi. Roberto Manchini shogirdlari Ispaniya La Ligasida mavsumni qoniqarli boshlagan “Real Sosyedad” ustidan zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi — 3:1.

Yevropa Ligasi
“L” guruhi. 2-tur
28-sentabr, payshanba

Gollar: Rigoni, 5 (1:0). Kokorin, 24 (2:0). Lyorente, 41 (2:1). Kokorin, 60 (3:1).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют