» » Putin “do‘sti” Erdo‘g‘on bilan muzokaralar natijalari haqida gapirib berdi

Putin “do‘sti” Erdo‘g‘on bilan muzokaralar natijalari haqida gapirib berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyadagi muzokaralar chog‘ida Suriya va Iroqdagi vaziyatni, kurdlar referendumini, Moskva va Anqaraning iqtisodiy hamkorligini, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlar oqimini muhokama qildi. Bu haqda davlatlar rahbarlari uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

“Qiyinchiliklarga qaramay, biz ijobiy natijaga erisha oldik”, — dedi Putin. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘on bilan muzokaralar chog‘ida ular Rossiya va Turkiyaning Suriyadagi deeskalatsiya zonalari bo‘yicha kelishuvlarini tasdiqlay olgan. “Bu kelishuvlar bizning umumiy, juda muhim muvaffaqiyatimiz deb hisoblayman. Bu kelishuvlar bizning do‘stimiz, janob Erdo‘g‘onning ham muvaffaqiyati deb hisoblayman”, — deya ta’kidladi Putin.

Erdo‘g‘on o‘z navbatida, Rossiya yetakchisini ham “do‘st” deb atadi. Keyingi safar Putin, uning ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaga 2018-yilda tashrif buyuradi. O‘shanda Rossiya rahbari “oliy darajadagi hamkorlik kengashi majlisida qatnashadi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют