» » Erdo‘g‘on: Moskva va Anqara munosabatlarning to‘liq normallashishiga erishdi

Erdo‘g‘on: Moskva va Anqara munosabatlarning to‘liq normallashishiga erishdi


Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi, deb yozadi “Kommersant”. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari qo‘shma matbuot anjumanini o‘tkazdi, unda kelishuvga erishilgan asosiy yo‘nalishlarni ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti o‘z nutqi chog‘ida Moskva va Anqara o‘zaro aloqalari to‘liq normallashishiga erishganini ta’kidladi. “Mening fikrimcha, bugungi majlisimiz natijasida normallashtirish jarayonini tugatdik va boshqa bunday so‘zni tilga olishni istamaymiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

“Barcha masalalarda ham kelishmasak-da, biz aloqa kanallarining hammasini ochiq qoldirishda davom etamiz — o‘zaro ishonch o‘rnatilishi natijasida biz hamkorligimizni mustahkamlashda davom etamiz”, — deya umid bildirdi Turkiya yetakchisi.

Опубликовано: admin (11-03-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют