» » Turkiya prezidenti mamlakatning Rakkani ozod etishda qatnashish rejalarini ma’lum qildi

Turkiya prezidenti mamlakatning Rakkani ozod etishda qatnashish rejalarini ma’lum qildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat Suriyaning Rakka shahrini IShID terrorchilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiyada ishtirok etishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “Kommersant”.

Erdo‘g‘on ta’kidlashicha, Anqara Rossiya hamda AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitsiya bilan kelishuvga erishsa, jangovar harakatlarda qatnashadi.

“Biz El-Babni ozod qilib bo‘ldik. Endi zarur bo‘lsa, koalitsiya va Rossiya bilan kelishgan holda, Rakkaga nisbatan choralar ko‘rishimiz mumkin. Bizning Rossiya bilan, ikkinchi tomondan AQSh bilan kelishuvlarimiz juda muhim. Biz avvalgidek beparvo kuzatuvchi bo‘lib qolmaymiz. Agar koalitsiya IShID bilan kurashishni chin dildan istasa, kelinglar, Rakkani ham ozod etamiz”, — dedi Turkiya prezidenti Anqarada Pokistonga safaridan oldin uyushtirilgan matbuot anjumanida.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, shuningdek, Turkiya Suriyada qolish maqsadini ko‘zlamayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Anqara “do‘stlari va suriyalik birodarlari” bilan ahillikda yashashga intilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют