» » Yaponiya mudofaa vaziri oktabr oyida KXDRning yangi qurollarni sinovdan o‘tkazishi ehtimolidan ogohlantirdi

Yaponiya mudofaa vaziri oktabr oyida KXDRning yangi qurollarni sinovdan o‘tkazishi ehtimolidan ogohlantirdi


Yaponiya qurolli kuchlari mamlakatda parlamentning quyi palatasiga saylov kampaniyasi boshlanadigan va KXDRda esa Koreya Mehnat partiyasi tashkil etilgan sana nishonlanadigan 10-oktabrda alohida ehtiyot choralarini qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onoderaga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Shimoliy Koreyada 10-oktabr muhim kun hisoblanadi. Davlatda bunday bayramlardan yo oldin yo keyin turli harbiy sinovlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Biz kutilayotgan yangi provokatsiyalarga bor kuchimiz bilan tayyorgarlik ko‘ramiz”, — deydi mudofaa vaziri.

26-sentabr kuni mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe mudofaa vaziri Onoderа va vazirlar mahkamasi kotibi Yosixide Sugаga saylovlar o‘tkazilguniga qadar ya’ni 22-oktabrgacha Tokio chegarasini nazorat ostida ushlab turishni buyurdi.

Ushbu chora-tadbirlar Pxenyan tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan raketa uchirilishi yoki yadro qurolini sinovdan o‘tkazish kabi harakatlarga tezda javob qaytarishni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют