» » AQSh davlat kotibi Vashington Shimoliy Koreya bilan muzokaralarni boshlashga uringanini tan oldi

AQSh davlat kotibi Vashington Shimoliy Koreya bilan muzokaralarni boshlashga uringanini tan oldi


AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ilk bor Vashingtonning Shimoliy Koreya bilan muzokaralarni boshlashga uringanini tan oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Pxenyan bilan kommunikatsiya kanallari mavjud, butkul zimistonda emasmiz. Ular bilan gaplashishimiz mumkin va gaplashyapmiz ham”, — dedi Tillerson Xitoyga safari chog‘idagi chiqishida.

Davlat kotibiga ko‘ra, AQShda Shimoliy Koreya uchun ikki-uch kanal ochilgan, muloqot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib o‘tadi. Bunday muzokaralardan ko‘zda tutilgan maqsad KXDR nimani muhokama qilishni istashiga aniqlik kiritishdan iborat.

“Afsuski, bu borada juda uzoqqa borolganimiz yo‘q”, — xulosa qildi Tillerson.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert ham Shimoliy Koreya muzokaralarni istamasligidan noligan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют