» » Shimoliy Koreya AQShni “olov dengizi”ga aylantirish bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya AQShni “olov dengizi”ga aylantirish bilan tahdid qildi


KXDR AQShga, sanksiyalar siyosati davom ettirilgan va Koreya yarim oroliga strategik bombardimonchilar jo‘natilgan taqdirda, yadro halokati bilan tahdid qildi. Mamlakatning Osiyo—Tinch okeani mintaqasida tinchlik uchun qo‘mitasi vakilining bayonotida shu haqda so‘z boradi, deya xabar beradi “TASS”.

“Biz kuchlarimiz to‘liq jangovar shay holatda ekanligini yana bir bor eslatamiz. Sanksiyalar to‘qmog‘idan foydalanish va bombardimonchilar jo‘natilishi yadro halokatiga olib keladigan, AQSh hududini olov dengiziga aylantiruvchi o‘z joniga qasd qilish aktlaridir”, — deyiladi bayonotda.

KXDR AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga oid bayonotini yana bir bor tanqid qildi va uni “amerikalik telba qariya” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning aviatashuvchi jangovar guruhi 15-oktabrda Shimoliy Koreya qirg‘oqlariga yuborilishi ma’lum qilingandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют