» » Muxlislarsiz o‘ynagan “Barselona”da yirik g‘alaba. “Real” Kataloniya klubini taslim etdi

Muxlislarsiz o‘ynagan “Barselona”da yirik g‘alaba. “Real” Kataloniya klubini taslim etdi


Ispaniya La Ligasining 7-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Mazkur turda Madrid jamoalari kuchli uchtalikdan chiqib ketdi.

Kataloniya mustaqilligi uchun referendum o‘tkazilgan kun Barselonada bir qator ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bergani haqida ma’lum qilingandi. “Barselona” yakshanba kungi o‘yinni ko‘chirishni so‘rab, La Ligaga murojaat qilgan bo‘lsa-da, tashkilot rahbariyati bu so‘rovni qanoatlantirmadi. Vaholanki, “Barselona” muxlislari hukumatga protest ma’nosida “Kamp Nou” stadioniga chiqib o‘tirib olishni maqsad qilgan, bu bilan butunjahon jamoatchiligi e’tiborini Ispaniya hukumati Kataloniyada amalga oshirayotgan ishga qaratishni niyat qilgandi.

La Liga rahbariyati ruxsat bermagach, “Barselona” muxlislarsiz o‘ynashga qaror qildi va “Las-Palmas” ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi. 90 minglik “Kamp Nou”ga ishqibozlar qo‘yilmagan bo‘lsa-da, o‘yinni kuzatib borayotganlardan biri baribir stadionga yugurib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Madridning “Real” klubi esa va nihoyat “Santyago Bernabeu”da zafar quchdi. “Espanyol”ga qarshi bellashuv “qirollik klubi” futbolchilarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvda Isko dublga erishdi.

Mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazayotgan valensiyalik futbolchilar bu safar “Atletik” ustidan zafar quchdi — 3:2.

Ispaniya La Ligasi
7-tur bellashuvlari
1-oktabr, yakshanba

Gollar: Antonio Sanabriya, 6 (0:1). Villian, 13 (1:1). Mikel Oyarsabal, 26 (2:1). Zuair Feddal, 28 (2:2). Xoakin, 46 (2:3). Xabi Priyeto, 57 (3:3). Serxio Leon, 84 (3:4). Diyego Lyorente, 86 (4:4).

Gollar: Serxio Buskets, 49 (1:0). Lionel Messi, 70 (2:0). Lionel Messi, 77 (3:0).

Gollar: Simone Dzaza, 27 (1:0). Daniel Parexo, 34-pen (2:0). Arits Aduris, 59 (2:1). Rodrigo, 66 (3:1). Raul Garsiya, 76 (3:2).

Gollar: Sedrik Bakambyu, 25 (1:0). Sedrik Bakambyu, 52 (2:0). Sedrik Bakambyu, 76-pen (3:0).

Gollar: Isko, 30 (1:0). Isko, 71 (2:0).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют