» » Dibala penaltida adashdi va “Yuventus” ochko yo‘qotdi. “Roma” “San Siro”da master klass ko‘rsatdi

Dibala penaltida adashdi va “Yuventus” ochko yo‘qotdi. “Roma” “San Siro”da master klass ko‘rsatdi


Italiya A seriyasining 7-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Bu tur “Napoli”ni turnir jadvalida yaqqol yetakchiga aylantirdi.

Neapollik futbolchilar navbatdagi yirik g‘alabani tantana qildi. Mauritsio Sarri shogirdlari 7 ta o‘yinda 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Yuventus” esa “Atalanta” maydonida 2 ochko yo‘qotdi. 2 ta gol farqi bilan oldinda borayotgan jamoa, yakunda 2 ta to‘p o‘tkazib yubordi. A seriya to‘purari bo‘lib turgan argentinalik hujumchi Paulo Dibala penaltidan aniq foydalana olmadi.

Turning markaziy o‘yini “San Siro” stadionida kechib, Rimning “Roma” klubi “Milan”ni taslim qildi. Bu Montella jamoasining uchinchi mag‘lubiyati bo‘lib yozildi.

Luchano Spaletti boshqaruvidagi “Inter” esa g‘alabasi evaziga Turin klubi bilan tenglashib oldi. Turning eng sermahsul o‘yinini “Latsio” futbolchilari ko‘rsatdi — 6:1.

Italiya A seriyasi
7-tur bellashuvlari
1-oktabr, yakshanba

Gollar: Marek Hamshik, 4 (1:0). Dris Mertens, 40-pen (2:0). Kalidu Kulibali, 47 (3:0).

Gollar: Yago, 31 (1:0). Mbaye Nyang, 44 (2:0). Alessio Cherchi, 89 (2:1). Jampaolo Patssini, 92+ pen (2:2).

Gollar: Domeniko Berardi, 27-pen (0:1). Luis Alberto, 46+ (1:1). Stefan de Vrey, 56 (2:1). Luis Alberto, 57 (3:1). Marko Parolo, 64 (4:1). Marko Parolo, 70 (5:1). Chiro Immobile, 81-pen (6:1).

Gollar: Martselo Brozovich, 19 (0:1). Martselo Brozovich, 22 (0:2). Marko D’Alessandro, 42 (1:2).

Gollar: Edin Jeko, 72 (0:1). Alessandro Florentsi, 77 (0:2).
Chetlatish: Hoqon Chalxono‘g‘lu, 80 (M).

Gollar: Federiko Bernardeski, 21 (0:1). Gonsalo Iguain, 24 (0:2). Mattia Kaldara, 31 (1:2). Brayan Kristante, 67 (2:2).
Noaniq penalti: Paulo Dibala, 84 (Yu).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют