» » Kataloniya jamoatchilik tashkilotlari 3-oktabr kuni yalpi ish tashlash o‘tkazmoqchi

Kataloniya jamoatchilik tashkilotlari 3-oktabr kuni yalpi ish tashlash o‘tkazmoqchi


Kataloniya jamoatchilik tashkilotlari va kasaba uyushmalari rahbarlari 3-oktabr kuni yalpi ish tashlash o‘tkazishga chaqirdi, deb yozadi “Kommersant”.

Shu tariqa ular politsiyaning mustaqillik haqidagi referendum ishtirokchilariga nisbatan shafqatsiz choralariga qarshi chiqmoqchi.

Bundan tashqari, Kataloniya hukumati Yevroittifoqqa murojaat qilib, referendum chog‘ida inson huquqlari buzilgani haqidagi masalani ko‘rib chiqishni talab qilmoqchi. Bu haqda Kataloniya hukumati rahbari Karles Puchdemon ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya hukumatining rasmiy vakili Jordi Turul Barselonadagi matbuot anjumanida referendum ishtirokchilarining 90 foizi Ispaniyadan ajralib chiqish uchun ovoz berganini ma’lum qildi.

Kataloniya hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-oktabr — hudud mustaqilligi haqidagi referendum o‘tkazilgan kunda — politsiya bilan to‘qnashuvlar natijasida 844 kishi jabrlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-10-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют