» » Malayziyada KXDR yetakchisi akasining o‘limi yuzasidan sud eshituvi qayta tiklandi

Malayziyada KXDR yetakchisi akasining o‘limi yuzasidan sud eshituvi qayta tiklandi


KXDR yetakchisining akasi Kim Chon Namni o‘ldirganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs Malayziyada bo‘lib o‘tgan sudda aybini tan olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Gumonlanuvchilar — 25 yoshli Indoneziya fuqarosi Siti Aysha va 28 yoshli Vyetnam fuqarosi Doan Txi Xuonglar aybini tan olgan taqdirda sud ularni o‘lim jazosiga hukm etishi mumkin.

Tergov talqiniga ko‘ra, qizlar 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida Kim Chxol nomiga berilgan diplomatik pasportga ega KXDR fuqarosiga hujum qilgan. Qayd etilishicha, ular koreyalik fuqaroning yuziga tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan yog‘ni surtishgan.

Janubiy Koreyada halok bo‘lgan shaxs ancha vaqtdan beri Xitoyning Makao shahrida yashaydigan Kim Chen Inning akasi ekanligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Pxenyanda esa gap Kim Chon Nam haqida ketayotgani haqida rasmiy ravishda e’lon qilinmadi.

KXDR mart oyida Siti Aysha va Doan Txi Xuongga nisbatan mamlakat yetakchisining akasi o‘limi yuzasidan rasmiy ayblov e’lon qildi. Tergovlarda ayblanuvchilar qotillik sodir etayotganini bilmagani va o‘zlarini realiti-shouda ishtirok etayotgan, deb o‘ylaganini ma’lum qilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют