» » OAV: Afg‘onistonda aviazarba oqibatida 10 nafar xavfsizlik kuchi vakili halok bo‘ldi

OAV: Afg‘onistonda aviazarba oqibatida 10 nafar xavfsizlik kuchi vakili halok bo‘ldi


Afg‘onistonning Hilmand viloyati janubiy qismiga berilgan aviazarba oqibatida kamida 10 nafar xavfsizlik kuchlari vakili halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy 1TV telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Viloyat gubernatorining rasmiy vakili Omar Zvak aviazarba berilganini tasdiqladi, ammo hozircha harbiylar aviazarba oqibatida yoki yerdagi to‘qnashuvlar sababli halok bo‘lganmi bunisi noma’lum.

Mamlakat Qurolli kuchlarining noma’lum vakili telekanalga ma’lum qilishicha, aviazarbani Afg‘onistonda terrorchilikka qarshi kurashda ishtirok etayotgan xorij davlatlari kuchlari amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.

Afg‘onistonda 2015-yilning 1-yanvaridan beri NATOning “Qat’iy yordam” jangovar bo‘lmagan missiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning asosiy maqsadi afg‘on harbiylariga o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tish va konsultatsiya berishdan iborat.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют