» » O‘zbekistonlik sil kasalligi mutaxasislari Germaniyadagi maxsus treningda ishtirok etdi

O‘zbekistonlik sil kasalligi mutaxasislari Germaniyadagi maxsus treningda ishtirok etdi


Joriy yilning 24-sentabrida O‘zbekiston va Tojikistonlik sil kasalligi bo‘yicha mutaxassislar Germaniyaning Gauting shahrida joylashgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Millatlararo referens laboratoriyasida laboratoriya bioxavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus treningda qatnashdi. Bu haqda “Daryo”ga USAID’ning O‘zbekistonda silga qarshi kurash dasturi mutasaddilari ma’lum qildi.

Bir hafta davom etgan trening dasturida mutaxassislar sil bilan kassallangan bemorlarga tez va aniq testdan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish hamda laboratoriya xizmatchilari uchun xavfsiz ish muhitini tashkil qilish uchun muhim bo‘lgan malakalarni o‘zlashtirdi. Mazkur trening AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida hamda O‘zbekiston va Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida o‘tkazildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Millatlararo referens laboratoriyasi milliy silga qarshi kurash dasturlariga JSSTning silga tashxis qo‘yishga oid tavsiyalari va sifatni nazorat qilish standartlarini amalga oshirishda yordam beradi hamda ularni baholaydi.

Sifatli laboratoriya xizmatlari silga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun trening qatnashchilari o‘rgangan yangi malakalarini nafaqat o‘zlarining laboratoriyalarida tatbiq etadi, balki O‘zbekiston va Tojikistondagi mintaqaviy va viloyat laboratoriyalaridagi hamkasabalariga ham o‘rgatadi. Germaniyada o‘tgan ushbu o‘quv safari USAIDning butun O‘rta Osiyoda silga qarshi tashkilotlararo hamkorlik va koordinatsiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston va Tojikistondagi silga qarshi kurash dasturi doirasida o‘tkazayotgan bilim almashinuviga qaratilgan ko‘plab faoliyatga misol bo‘ladi.

USAID O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligini Milliy silga qarshi dasturini bajarishda va aholi, shu jumladan uning ijtimoiy zaif guruhlari orasida tashxis qo‘yish, davolash va silning oldini olishning yanada samarali va mavjud uslublarini tatbiq etishda qo‘llab-quvvatlamoqda.

USAIDning silga qarshi kurash uchun besh yillik dasturining asosiy maqsadi sil kasalligi oqibatlarini kamaytirish va silning ko‘plab dorilarga turg‘un shakllari rivojlanishining oldini olishdan iborat. Dastur keng ko‘lamli tibbiy masalalarni, jumladan sog‘liqni saqlash sohasini mustahkamlash uchun sog‘liqni saqlash xodimlarini o‘qitish, tashkilotlararo hamkorlik va koordinatsiyani mustahkamlash hamda keng ommaga silga tashxis qo‘yish va davolanish imkoniyatlaridan foydalanishni yanada osonlashtirish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют