» » Yapon rejissori Kiyoshi Kurosava O‘zbekistonda film suratga oladi

Yapon rejissori Kiyoshi Kurosava O‘zbekistonda film suratga oladi


Taniqli yapon rejissori Kiyoshi Kurosava yurtimizga tashrif buyurdi. Ko‘plab xalqaro sovrinlarga sazovor bo‘lgan filmlar muallifi O‘zbekistonda navbatdagi filmini suratga olish niyatida. Bu haqda “O‘zbekturizm” davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Temur Mirzayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Rejissor bir necha oydan buyon ushbu loyiha ustida ishlab, yurtimiz bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Filmni tasvirga olish ishlarida ko‘mak berish bo‘yicha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimovga Tokio safari mobaynida bildirgan taklifi bilan Loaded Films Inc. studiyasi ijodiy guruh yurtimizda mehmon bo‘lib turishibdi.

Film ssenariysi ustida ish olib borayotgan rejissor jamoasi bilan birga Afrosiyob poyezdida Samarqand shahriga yetib keldi. Bu yerda kino sujetiga mos joy tanlash, voqealar rivojini ta’minlaydigan obyektlar o‘rganildi. Rejissor tarixiy binolardan tashqari oddiy aholi turmush tarzi, madaniyati va urflarini diqqat bilan o‘rganib, ssenariyni yakunlashda foydalanadi.

Voqealari sir tutilayotgan film, ikki millat vakillari, aktyor-akrtisalari ishtirokida drama janrida suratga olinadi. Ayni damda Buxoro shahrida bo‘lgan ijodkorning iltimosiga binoan, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Xiva va Toshkent viloyatining tog‘li hududlariga safar uyishtirilishi ko‘zda tutilgan.

Temur Mirzayev, “O‘zbekturizm” davlat qo‘mitasi matbuot kotibi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют