» » “Termiz Kargo” eksport markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Termiz Kargo” eksport markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Surxondaryoda “Termiz Kargo” eksport markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi.

Tadbir O‘zbekiston va Afg‘onistonning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va sanoat, hamkorlik, iqtisodiy masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi so‘zga chiqib, “Termiz Kargo” eksport markazining tashkil etilishi ikki davlatning savdo-sanoat sohasi ishbilarmonlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanini, iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘pligini, ushbu markaz faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ikki tomon uchun ham birdek manfaatli ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ko‘rgazmada 80 dan ortiq korxonaning 300 dan ortiq mahsulotlari namoyish etildi. Ko‘rgazma doirasida respublikada ishlab chiqarilayotgan bug‘doy, dukkakli mahsulotlar, xo‘jalik mollari, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni Afg‘onistonga eksport qilish bo‘yicha 35,8 million dollar qiymatidagi shartnomalar imzolandi. Xususan, Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan “Surxon Termiz Chinni” korxonasi chinni mahsulotlari, “Xo‘jaykon tuz” AJ qadoqlangan tuz mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha, shuningdek, viloyatda yetishtirilayotgan 4,5 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, afg‘onistonlik ishbilarmonlar viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari (DSP, bo‘yoq, sendvich panellari), mebel jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlariga ham katta qiziqish bildirib, o‘zaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют