» » Malayziya Boeing’i uch yillik qidiruvlardan keyin ham topilmadi

Malayziya Boeing’i uch yillik qidiruvlardan keyin ham topilmadi


2014-yil martida g‘oyib bo‘lgan Malayziya Boeing’ini uch yillik qidiruvlardan keyin ham topa olishmadi, deb yozadi “RIA Novosti”. Ammo endi uning qayerdaligini kattaroq aniqlik bilan belgilash mumkin. Bu haqda Avstraliya transportda xavfsizlik byurosi yakuniy ma’ruzasida aytiladi.

Malaysiya Airlines aviakompaniyasining Kuala-Lumpurdan Pekinga MH370 reysini amalga oshirayotgan Boeing 777-200 samolyoti 2014-yil 8-martga o‘tar kechasi radarlar ekranlaridan yo‘qolib qolgan edi. Uning bortida 227 yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zosi bo‘lgan. U Hind okeanining janubiy qismida halokatga uchragan deb taxmin qilinmoqda. Qidiruv operatsiyasi halokat joyini aniqlay olmadi.

Laynerning g‘oyib bo‘lishini tekshirish ishlari havo kemalari joylashgan joyini aniqlash tizimini takomillashtirishga yordam bergani ta’kidlandi. “MH370 qayerda bo‘lishi mumkinligi haqidagi tushuncha hozir har qachongidan ko‘ra yaxshiroq”, — deyiladi bayonotda.

Byuro ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil yanvarigacha dengiz qa’rida 120 ming kvadrat kilometrdan ortiq hudud tekshirib chiqilgan. Mutaxassislar layner parchalari topilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan 25 ming kvadrat km hududni aniqlagan.

Malayziya hukumati takshiruvni to‘xtatmasligi aytildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют