» » Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti gravitatsion to‘lqinlarni aniqlagan olimlarga topshirildi

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti gravitatsion to‘lqinlarni aniqlagan olimlarga topshirildi


Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Rayner Vayss, Barri Barish hamda Kip Tornga topshirildi. Ular LIGO detektorlari yordamida gravitatsion to‘lqinlarni aniqlagan. Bu haqda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi ma’lum qildi, deb xabar berdi Meduza.

Albert Eynshteynning gravitatsiya to‘lqinlari haqidagi nazariyasining eksperemental tasdig‘i 2016-yilning fevralida e’lon qilingandi (u 2015-yilning sentabrida ochilgan). Buning uchun ular lazer-interferometrik gravitatsiyaviy to‘lqinlar observatoriyasidan (LIGO) foydalanishgan. Unda lazer orqali gravitatsion to‘lqinlar yordamida kichrayib va kattarib turuvchi to‘rt kilometrli tunnel uzunligini o‘lchashgan.

To‘lqinlar ikkita qora tuynukning o‘zaro to‘qnashishi oqibatida paydo bo‘lgan. Ular oradan 1,3 milliard yil o‘tgach AQShda LIGO yordamida aniqlangan.

Gravitatsion to‘lqinlar — massiv obyektlarning harakati sabab gravitatsion maydonda sodir bo‘ladigan tebranish. Eynshteyn nazariyasiga ko‘ra, ushbu to‘lqinlar yorug‘lik tezligida tarqaladi.

Mavzuga doir: Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti “biologik soatlar” uchun berildi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют