» » Bob Dilan Nobel mukofotini olib ketishga rozi bo‘ldi

Bob Dilan Nobel mukofotini olib ketishga rozi bo‘ldi


Amerikalik xonanda Bob Dilan aprel oyi boshida Stokgolmda Shvetsiya qirollik akademiyasi vakillari bilan uchrashadi hamda Nobel mukofoti medali va diplomini qabul qilib oladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Dilan 1—2-aprel kunlari Shvetsiya poytaxtida konsert beradi. Akademiya matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, shu kunlarning birida xos uchrashuv vaqtida xonandaga mukofot topshiriladi.

Dilan o‘zining Nobel nutqi yozuvini taqdim etishi kutilmoqda. Xonanda nutq bilan alohida chiqish qilishi rejalashtirilmagan.

Dilan 2017-yilning iyuniga qadar nutqni o‘qishi kerak. Aks holda, mukofotning pullik qismini qo‘lga kirita olmaydi.

Bob Dilan adabiyot bo‘yicha 2016-yilgi Nobel mukofoti laureati deb e’lon qilingan. U “buyuk Amerika qo‘shiqchilik an’analarida yangi she’riy tilni yaratgani uchun” taqdirlandi. Mukofot egasi e’lon qilinganidan keyingi ikki hafta davomida xonanda hech qayerda ko‘rinish bermadi, so‘ng Shvetsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, tashkiliy qo‘mitaga minnatdorchilik bildirdi.

O‘tgan yil dekabrida Stokgolmda bo‘lib o‘tgan Nobel mukofoti laureatlarini taqdirlash marosimiga Dilan “oldingi majburiyatlarini bajarish” bahonasi bilan kelmadi. Dilanning Nobel nutqi marosimda o‘qib eshittirildi.

Nobel mukofoti laureatlari 8 million shved kroni (2016-yil oxiridagi kurs bo‘yicha, taxminan 1,1 million dollar)ga chek oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют