» » Bugun Barselona ishlamaydi. Fotoreportaj

Bugun Barselona ishlamaydi. Fotoreportaj


3-oktabr — Kataloniya mustaqilligi referendumidagi politsiya harakatlariga norozilik sifatida hududda umumiy ish tashlash e’lon qilingan kun, deb yozadi Meduza.

Butun Barselona bo‘ylab ko‘plab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, maktablar, universitetlar, o‘quv markazlari va ko‘plab do‘konlar yopilgan; kechki soat beshga qadar shaharda jamoat transporti ham ishlamadi. Meduza’ning yozishicha, ish tashlash qatnashchilari o‘nlab yo‘llarni yopib qo‘yib, katta tirbandliklarni keltirib chiqargan.

Estelada — Kataloniyaning norasmiy bayrog‘ini ko‘tarib olgan ish tashlash qatnashchilari.

“Kataloniya maydoni” metro bekatining bo‘sh platformasi. Barselona metrosi 3-oktabr kuni ishni kech soat beshdan boshlaydi va atigi uch soat ishlaydi.

Barselonadagi Ispaniya hukumati vakolatxonasi binosi oldidagi namoyishlar vaqtida o‘t o‘chiruvchilar ham ish tashlash qatnashchilari safiga qo‘shildi.

Barselona markazidagi milliy politsiya binosi oldidagi yo‘lga o‘tirib olgan namoyish ishtirokchilari.

Kataloniyadagi umumiy ish tashlash sabab yopib qo‘yilgan NII trassasiga chiqib olgan namoyishchilar. Yo‘llardagi ommaviy aksiyalar ko‘p kilometrlik tirbandliklarga sabab bo‘ldi.

Shaharning mashhur Bokeriya bozori ham 3-oktabr kuni ishlamadi.

Namoyishchilar butun Barselonani kesib o‘tgan Gran-Via ko‘chasini yopib qo‘ydi.

Ispan “Xalq partiyasi”ning Barselonadagi qarorgohi oldidagi norozilik namoyishi.

Namoyishchilar Gran-Via ko‘chasi bo‘ylab harakatni to‘xtatib qo‘ydi. Gran-Via butun Barselonani kesib o‘tib, bir necha maydonlarni birlashtiradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют