» » Mirzo Ulugbek Innovation Center ilk rezidentlarni ro‘yxatga oldi

Mirzo Ulugbek Innovation Center ilk rezidentlarni ro‘yxatga oldi


Mirzo Ulugbek Innovation Center axborot texnologiyalari ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash va joriy etish innovatsion markazi ilk rezidentlarini ro‘yxatga oldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

Direksiya markaz rasman ochilgan 25-avgustdan buyon rezident maqomini olish uchun arizalarni qabul qilishni boshlagan edi. 1-oktabrgacha 70 dan ortiq yuridik shaxs ariza topshirdi.

Ulardan 28 ta kompaniya innovatsion markaz rezidenti maqomiga ega bo‘ldi. Bular: “Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyasi markazi” MChJ, Olsoft XK, Realsoft MChJ, Green White Solutions MChJ, Avars Plus MChJ, Datasite Technology XK, Pragmatik Solutions MChJ, Gigal Info MChJ, Paymobile MChJ, Fof Soft Technology MChJ, Wiener Deming MChJ, Venkon Group MChJ, Leading Business Software MChJ, Intelligent Solutions MChJ, Special Soft XK, SBS-Infosoft MChJ, SSP-Maroqand UK, Algoritm Consulting Group MChJ, Micros Development XK, “Invest Loyiha Konsalt” MChJ, Round Umbrella XK, Nyumaks Technology MChJ, Business Triangle MChJ, “Smart-com” XK, “Standart IT-Sektor” MChJ, Prime Media Solution MChJ, Smart Technologies Group MChJ va Alm Soft MChJ.

Ro‘yxatga olingan rezidentlar O‘zbekiston Prezidentining 30-iyundagi farmoni asosida 2018-yil 1-yanvarga qadar imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘ldi.

Markaz arizalarni ko‘rib chiqishda davom etadi va yaqin vaqtlar ichida rezidentlar sonining ortishi kutilmoqda.

Mirzo Ulugbek Innovation Center rezidenti bo‘lish uchun arizalarni rasmiy sayt orqali onlayn topshirish mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-10-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют