» » UZINFOCOM MDUning Toshkentdagi filiali bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yordam beradi

UZINFOCOM MDUning Toshkentdagi filiali bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yordam beradi


Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi. Bu haqda UZINFOCOM vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

UZINFOCOM negizida o‘qituvchilar va ilmiy xodim-izlanuvchilarning malakasini oshirish dasturi, filialning talabalari va bitiruvchilarining amaliy mashg‘ulotlari rejalashtirilgan.

Shuningdek, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, amaliy matematika va informatika bo‘yicha seminarlar, treninglar, davra suhbatlarini birgalikda tashkil etishda muntazam ravishda tajriba almashish va uslubiy ishlanmalar amalga oshiriladi.

UZINFOCOM mutaxassislari filialning o‘quv jarayoniga bevosita jalb qilinadi, unda UZINFOCOM tomonidan milliy miqyosda amalga oshiriladigan eng yirik IT-loyihalar misolida o‘quvchilarga mavzuni o‘rganish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, talabalarga UZINFOCOM tomonidan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Memorandumning muhim jihatlaridan biri — filial bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yordam berish, shuningdek, milliy va xalqaro grant dasturlarida birgalikda ishtirok etish hisoblanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-10-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют