» » Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti biomolekulalarni vizuallashtirgan olimlarga topshirildi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti biomolekulalarni vizuallashtirgan olimlarga topshirildi


Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti shveysariyalik Jak Dyuboshe, britaniyalik Richard Xenderson va amerikalik olim Yoaxim Frankka “yuqori aniqlikdagi krioelekton mikroskopni rivojlantirgani uchun” topshirildi, deb xabar berdi “RBK”.

Nobel qo‘mitasining press-relizida ta’kidlanishicha, Dyuboshe, Xenderson va Frankning tadqiqotlari biomolekulalar vizualizatsiyasini soddalashtirish va yaxshilashda yordam beradi. Olimlar ustida ish olib borgan krioelektron mikroskopiya “biokimyoni yangi davrga olib chiqadi”.

“Ilmiy yutuqlar ko‘pincha inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan narsalarning muvaffaqiyatli vizualizatsiyasiga asoslangan edi. Biroq “biokimyoviy xaritalar” uzoq vaqtga qadar bo‘sh yotgan. Krioelektron mikroskopiya ushbu holatni o‘zgartiradi”, — deya o‘z qaroriga tushuntirish beradi Nobel qo‘mitasi.

Endilikda tadqiqotchilar biomolekulalarni harakat vaqtidayoq qotirib qo‘yishi va birinchi bor ko‘plab jarayonlarni vizuallashtirishi mumkin. Bu nafaqat kimyo hayotini tushunish, balki farmatsevtik dori vositalarining rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Mukofot 10-dekabr kuni topshirladi. Nobel mukofotining 2017-yildagi pul mablag‘i 9 million shved kronasini (1,1 million dollar) tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti gravitatsion to‘lqinlarni aniqlagan olimlarga topshirildi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют