» » AQShdagi shahar, agar Amazon shtab-kvartirasini u yerga ko‘chirsa, nomini o‘zgartirishga va’da berdi

AQShdagi shahar, agar Amazon shtab-kvartirasini u yerga ko‘chirsa, nomini o‘zgartirishga va’da berdi


AQShning Jorjiya shtatidagi Stounkrest shahri kengashi aholi punkti nomini Amazon deb o‘zgartirishni ma’qulladi. Buning uchun Jeff Bezosga tegishli Amazon kompaniyasi u yerda ikkinchi shtab-kvartirasini joylashtirishi lozim, deb xabar beradi TJournal.

Bundan tashqari, shahar ma’muriyati yangi bino uchun 345 akr yer ajratishga tayyor.

Shahar meri Jeyson Leri Amazon kompaniyasini bir necha shahar o‘z hududiga taklif etayotganini, lekin faqat Stounkrest brending uchun bunday imkoniyat taqdim qilishini ta’kidlab o‘tdi. Taklif qabuli 19-oktabr kuni tugaydi.

Oldinroq Amazon AQSh shaharlariga murojaat qilib, u yerda ofisini joylashtirish uchun sabablar ko‘rsatishni so‘ragan edi. Kompaniya soliq imtiyozlari, chegirmalar yoki grantlar taqdim etilishini kutmoqda.

Kompaniyaning asosiy shtab-kvartirasi Sietl shahrida joylashgan.

Stounrkest Yaponiyadagi bir shaharning tajribasini o‘rgangani taxmin qilinmoqda. U yerda avtomobilsoz kompaniyaning nomini qabul qilgan Toyota City bor.

Stounkrest shaharchasi 2016-yili tashkil etilgan. Uning aholisi 20 ming kishini tashkil etadi. Shaharda savdo markazi va qo‘riqxona bor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-10-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют