» » Oq Uy: Trampning Puerto-Rikoning qarzidan voz kechish haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri tushunildi

Oq Uy: Trampning Puerto-Rikoning qarzidan voz kechish haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri tushunildi


AQSh prezidenti Donald Trampning Puerto-Rikoning 74 milliard dollar miqdoridagi qarzidan voz kechilgani haqidagi so‘zlarini ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi. Bu haqda Oq Uy ma’muriy-budjet boshqarmasi direktori Mik Malveni CNN telekanaliga bergan intervyusida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Bu so‘zlarni aynan shunaqa tushunmagan bo‘lardim, — dedi u, boshlovchining tegishli savoliga javob berarkan. — Hozirda biz sa’y-harakatlarimizni orolni qayta tiklashga qaratmoqchimiz”.

Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida yirik moliyaviy tashkilotlar “Mariya” to‘fonidan aziyat chekkan Puerto-Rikoning qarzidan voz kechishiga to‘g‘ri kelishini aytgan edi. Ammo uning bu so‘zlaridan aynan nima nazarda tutilgani noma’lumligicha qolgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют