» » Qish uchun bankaga ketchup yopamiz

Qish uchun bankaga ketchup yopamiz


Qishga ushbu retsept bo‘yicha ketchup tayyorlash uchun yaxshi pishgan va sersuv pomidor hamda qizil rangli shirin bulg‘or qalampiri olgan yaxshiroq — shunda rangi yorqinroq, mazasi boyroq bo‘ladi.

Pomidor, olma va bulg‘or qalampirini bandidan va urug‘laridan tozalab, katta-katta qilib to‘g‘raymiz, keng kastryulga solib, olovga qo‘yamiz.

Qaynab chiqqach, olovni pasaytiramiz va ichiga chinnigul, qalampir donalarini solib, past olovda 1—1,5 soat qaynatamiz. Massa obdan qaynab, quyulib qolishi kerak.

Uni suzg‘ichdan o‘tkazamiz.

Sovigan sabzavotli pyuredan 1 stakan olib, unda kraxmalni eritamiz.

Qolgan pyureni yana olovga qo‘yib, shakar, tuz, dolchin, tuyilgan qiil qalampir soling va aralashtirib, 15 daqiqa qaynating.

So‘ng sirka qo‘shib aralashtiring va aralashtirishdan to‘xtamay, pyureda eritilgan kraxmalni soling va va yana qaynating.

Qaynoq ketchupni sterillab tayyorlab qo‘yilgan bankalarga soling va og‘zini mahkamlang.

Bankalarni “oyog‘ini osmondan” qilib ag‘darib, ko‘rpaga o‘rang va to‘liq sovigunicha shu holda qoldiring.

Ketchupni qishda salqin va qorong‘i joyda saqlang.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-10-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют