» » O‘zbekistonda 2017-yil boshidan buyon yong‘inlar oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2017-yil boshidan buyon yong‘inlar oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi


O‘zbekistonda 2017-yilda yuz bergan yong‘in bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning 70 foizi aholi yashash maskanlarida yuzaga kelgan. IIV YoXBBning ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning o‘tgan davrida 9134 ta yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lib, 308 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olgan. 104 nafar fuqaro esa bevaqt hayotdan ko‘z yumgan.  Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Toshkent shahrining Olmazor tumani “Miskin” mahallasi Yangi Olmazor ko‘chasi 52-uyda joylashgan “Olmazor kichik sanoat” aksiyadorlik jamiyati hududida ijarada faoliyat ko‘rsatuvchi “Spektor” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tipografiya hududidagi chiqindilar 20 kvadrat metr maydonda yongan.

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida joylashgan “Bekota” fermer xo‘jaligi omborxonasi olov domida qoldi. Natijada 400 kvadrat metr maydondagi bino zararlangan. Bundan tashqari, binodagi xashak uyumi ham yonib ketgan. Yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-10-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют