» » AQSh Sudanga nisbatan 20 yil avval joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qiladi

AQSh Sudanga nisbatan 20 yil avval joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qiladi


AQSh Sudanga nisbatan 20 yil avval joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qiladi. Bu haqda prezident Tramp ma’muriyati vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Sudan hukumati terrorchilarga qarshilik va inson huquqlariga rioya etishda oldinga siljimoqda. Mamlakatning mojaroli hududlarida o‘t ochishni to‘xtatish tartibini saqlab qolish, Sudan hududida gumanitar yordam yetkazish jarayonini yegillashtirish, mintaqaviy muammolarni hal etishda AQSh bilan davom etayotgan hamkorlikni ham qayd etish mumkin”, — izoh berdi ma’muriyat vakillari.

Shu bilan birga, Sudan AQSh Davlat departamenti tomonidan tuziladigan terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaydigan davlatlar ro‘yxatida qoladi. Mamlakat rasmiylariga nisbatan Darfur provinsiyasidagi zo‘ravonliklar sababli qabul qilingan jazo choralarining bir qismi ham saqlanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-10-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют