» » Tramp Eronni Shimoliy Koreyani moliyalashtirishda aybladi

Tramp Eronni Shimoliy Koreyani moliyalashtirishda aybladi


Eron Shimoliy Koreyani moliyalashtirmoqda va u bilan savdo-sotiq olib bormoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp TBN telekompaniyasiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi, deya ma’lum qildi “TASS”.

“Eronliklar Shimoliy Koreyani mablag‘ bilan ta’minlayotgani, savdo-sotiq qilayotgani, ish olib borayotganiga ishonchim komil. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Garchi buning kelishuvga bevosita aloqasi bo‘lmasa ham, taalluqli tomonlari bor deb o‘ylayman”, — dedi Tramp.

AQSh prezidenti mamlakat Eron bilan yadro kelishuvi doirasidagi majburiyatlarini bajarishda davom etishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javoban Tramp: “Yaqin orada qanday qaror qabul qilishimga guvoh bo‘lasiz. Eron — yomon o‘yinchi va u bilan shunga yarasha munosabatda bo‘linadi”, — deb javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq The Washington Post AQSh prezidenti Donald Tramp kelgusi hafta Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim to‘xtatilishi haqida e’lon qilishini bildirgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют