» » Tailandda sayyohlar orasida ommabop plyajlarda chekishga taqiq joriy etilmoqda

Tailandda sayyohlar orasida ommabop plyajlarda chekishga taqiq joriy etilmoqda


Dengiz va sohilbo‘yi resurslari mahalliy departamenti Tailandning ommabop plyajlarida noyabr oyi boshidan chekishga taqiq joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10-oktabr, seshanba kuni The Nation gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Cheklovga rioya etmaslik huquqbuzarlarga yirik jarima yoki qamoq jazosi bilan tahdid qiladi.

Nashrning ma’lum qilishicha, chekish 20 ta eng ommabop plyaj, jumladan, Pxuket orolidagi Patong, Pattayadagi Jamtyen va Rayong provinsiyasidagi Me Pim plyajlari hududida taqiqlanadi.

“Chekishni butunlay taqiqlamaymiz. Chekuvchilar joylari plyaj hududidan tashqarida bo‘ladi. Sigareta qoldiqlarini qumga tashlash yoki plyajda sigareta bilan sayr qilish mumkin bo‘lmaydi”, — deya aniqlik kiritadi departament rahbari Jatupon Burupxat.

Ushbu taqiqni buzganlik uchun maksimal jazo bir yillik qamoq jazosi yoki 100 ming bat (3 ming dollardan ortiq) gacha bo‘lgan miqdordagi jarima jazosi tayinlanishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют