» » Sochiga yetib borgan Mirziyoyev, qanot hakamiga aylangan Ermatov, Vladimirdagi YTHning shaxsi aniqlangan 16-qurboni va kunning boshqa muhim xabarlari

Sochiga yetib borgan Mirziyoyev, qanot hakamiga aylangan Ermatov, Vladimirdagi YTHning shaxsi aniqlangan 16-qurboni va kunning boshqa muhim xabarlari


10-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida ishtirok etish uchun Sochiga yetib keldi. Shuningdek, davlat rahbari “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida farmon imzoladi.

2. Bugun Ravshan Ermatov Avstraliya — Suriya o‘yini g‘olibini aniqlab beradi. Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlangan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Ravshan Ermatov yon hakam vazifasini bajardi.

3. Vladimirdagi YTH qurboni bo‘lgan 16-o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi. Ahvoli og‘ir bo‘lgan besh yoshli Gulruh esa vertolyotda Moskvaga ko‘chirilishi mumkin.

4. Jasur Ibrohimov ishi: sud-tibbiyot eksperti marhum 3-may kuni olgan jarohati oqibatida vafot etganini ma’lum qildi. O‘smirning o‘limiga o‘n ikki barmoqli ichakning yorilishi, ichki organlar gematomasi, ko‘p sonli jarohatlar, boshdagi yopiq jarohat va miya chayqalishi sabab bo‘lgan.

5. Toshkent aeroportida 2,5 kg tilla taqinchoqlarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga uringan ayol qo‘lga olindi. Ayol 254 juft zirak, 253 dona uzuk, 26 dona kulon, 19 dona zanjir va 3 dona bilaguzuklarni respublikaga yashirincha olib kirishga uringan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют