» » Pentagon KXDR xakerlari Janubiy Koreya harbiy rejalarini o‘g‘irlaganiga izoh berdi

Pentagon KXDR xakerlari Janubiy Koreya harbiy rejalarini o‘g‘irlaganiga izoh berdi


Pentagon KXDR xakerlari Janubiy Koreyaning urush ehtimoliga oid rejalarini o‘g‘irlanganidan xabardor, biroq eng muhim ma’lumotlar xavfsizligidan xavotirlanishga asos yo‘q. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati vakili Rob Menning ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”. 

“Bizning operatsiyalarga taalluqli rejalarimiz xavfsizligi va Shimoliy Koreya tomonidan har qanday tahdidni bartaraf etishga qodirligimizga ishonchimiz komil”, — deya jurnalistlarni tinchlantirdi Menning. 

Oldinroq Janubiy Koreya parlamenti deputatlari o‘tgan yili KXDR tomonidan uyushtirilgan xakerlik hujumi oqibatida 235 gigabayt harbiy hujjatlar o‘g‘irlanganini bildirgandi.

Ular orasida Seulning urush boshlanishi ehtimoliga oid rejalari va maxsus bo‘linmalarga ko‘rsatmalar bo‘lgan. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют