» » Suriyada IShID saflarida jang qilgan “Oq beva” laqabli britaniyalik ayol o‘ldirildi

Suriyada IShID saflarida jang qilgan “Oq beva” laqabli britaniyalik ayol o‘ldirildi


Suriyada IShID terrorchilik guruhi saflarida jang qilgan “Oq beva” laqabli britaniyalik Salli Jons Amerika uchuvchisiz qurilmasining Raqqaga hujumi chog‘ida yo‘q qilindi, deb yozadi “TASS” Times gazetasiga tayanib.

Gazetaning Britaniya hukumatidagi manbasiga ko‘ra, Salli Jons va uning o‘g‘li halok bo‘lgan degan taxmin to‘g‘ri chiqqan. “Oq beva” bilan birgalikda uning 12 yoshli o‘g‘li ham vafot etgan. Jons qamaldagi Raqqadan qochishga urinayotgan paytda Amerika harbiylari zarba bergan. Times qayd etishicha, britaniyalik ayol so‘nggi yillarda Birlashgan Qirollikning tashqi razvedkasi — MI-6 tomonidan kuzatib kelingan.

To‘rt yil avval Kent grafligida Krunch rep guruhi tarkibida qo‘shiq kuylagan,ikki bolaning onasi bo‘lgan 45 yoshli ayol kutilmaganda o‘zidan ikki barobar yosh bo‘lgan birmingemlik musulmon yigitga turmushga chiqib, Suriyaga ketgan. Islomni qabul qilgach, Salli IShIDning Yevropa mamlakatlaridagi bosh askar yollovchisi bo‘lgan eriga yordamchilik qila boshlagan. Ayol Raqqaga kichik o‘g‘lini ham o‘zi bilan birga olib ketgan, u videoroliklardan birida sariq sochli jallod rolida chiqqach, “mashhur” bo‘lib ketgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют