» » Jirinovskiy intellekt koeffitsiyenti borasida Tramp va Tillerson bilan bellashishga tayyorligini bildirdi

Jirinovskiy intellekt koeffitsiyenti borasida Tramp va Tillerson bilan bellashishga tayyorligini bildirdi


Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy intellekt koeffitsiyenti (IQ) borasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Davlat kotibi Reks Tillerson bilan bellashishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

“Tramp o‘zi va Tillersonning intellektini solishtirib ko‘rishni taklif qildi. Men bunga o‘zimni ham qo‘shgan bo‘lardim. Sizlar ulkan Amerikani boshqaryapsiz, keling, Rossiyadan ham ishtirokchi bo‘lsin. IQ solishtirilishini olimlar o‘tkazsin, chiqishlar, lug‘at boyligi, tilga olingan mavzularni taqqoslasin. Kimning kimligi darrov ma’lum bo‘ladi”, — dedi Jirinovskiy.

Tramp Forbes jurnaliga bergan intervyusida Davlat kotibi go‘yo uni “ahmoq” deb ataganligi haqidagi ovozalarga javoban ikkovining IQ testlarini solishtirib ko‘rish va kim g‘olib chiqishiga amin bo‘lishni taklif qilgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют