» » Rossiya Mudofaa vazirligi: AQSh Rossiyaning Boltiqbo‘yi bilan chegarasiga butun boshli diviziyasini joylashtirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi: AQSh Rossiyaning Boltiqbo‘yi bilan chegarasiga butun boshli diviziyasini joylashtirdi


Rossiya chegaralari yaqinida Amerikaning butun boshli diviziyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya—Belarus qo‘shinlari ishtirokida “G‘arb—2017” o‘quv mashg‘uloti Yevropa OAVlari tomonidan misli ko‘rilmagan vahimada yoritib borildi. Ular o‘quv mashg‘ulotlarining “shaffof emasligi”, qurolli kuchlarning “gibrid” operatsiyalari, “hujum qilish” buyrug‘ini olgan harbiy “orda”lar, shuningdek, Rossiya o‘zining “zarba beruvchi guruhini” Belarusda qoldirgani haqida bong urdi.

Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, o‘zining Rossiyaga qarshiligi bilan Bo‘ltiqbo‘yi davlatlari hamda Polsha “ajralib” turgan. Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, Polsha Mudofaa vazirligi rahbari Antoniy Matserevich “tashqi xavflardan himoyalanish uchun” mamlakatga bir nechta Amerika diviziyalarini joylashtirish kerakliligini ma’lum qilishga ham ulgurib bo‘lgan.

“G‘arb—2017” o‘quv mashg‘ulotlarining fonida Boltiqbo‘yi mamlakatlari hamda Polshada “Atlantik qat’iyat” operatsiyasi rejasiga muvofiq AQSh Qurolli Kuchlarining 3-zirhli tanklar brigadasini joylashtirish ishlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu brigadaning barcha texnikalari (87 ta M1A1 Abrams tanklari, M109 Paladin og‘ir o‘ziyurar gaubitsalar, 133 “BMP” Bradley va bir necha yuz dona mashina) qolishi kerak edi. 3-zirhli tank brigadasining shaxsiy tarkibini esa 1997-yilda Rossiya bilan o‘zaro imzolagan “NATO—RF asosiy akti”ni buzmaslik uchun AQSh Qurolli Kuchlarining 2-zirhli tank brigadasi harbiy xizmatchilari almashtirishi kerak edi”, — dedi Konashenkov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning “G‘arb—2017” mashg‘ulotidan to‘g‘ri harbiy harakatlarni boshlashi mumkinligi vahimasi fonida Polshaga AQShning 2-zirhli tank brigadasi “sekingina” kirib kelib, joylashib olgan.

Shu bilan birga Polsha va Boltiqbo‘yi respublikalarida qoldirilgan Amerikaning 3-zirhli tank brigadasining harbiy texnikasi ham hech qayerga ketmagan.

General-mayorning so‘zlariga qaraganda, “G‘arb—2017”dan kelishi mumkin bo‘lgan “rus xavfi” — Pentagonning ushbu operatsiyani axborotlar pardasi ortiga yashirgan firibgarona harakati. “Xo‘sh, kim tajovuz tayyorlamoqda?”, — dedi Konashenkov.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 19:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют